Sirdaryo viloyati prokurori lavozimidan ozod etildi

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov o‘z arizasiga ko‘ra ishdan ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri xabar berdi.
Sanjar Mavlonov bu lavozimga 2022-yil 30-aprel kuni tayinlangandi. Unga qadar Toshkent shahar Shayxontohur tumani prokurori lavozimida faoliyat olib borgan.
Mavlonov 2006-yil Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani prokuraturasida ish boshlagan. U mehnat faoliyati davomida prokuratura tergovchisi, katta tergovchi, katta prokuror lavozimlarida ishlagan.