TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Savid Imatov Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tayinlovga qadar Imatov Qoraqalpog‘iston prokurori birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Avvalroq 2022-yil 30-aprelidan buyon Sirdaryo viloyati prokurori sifatida mehnat qilayotgan Sanjar Mavlonov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod qilingani xabar qilingan edi.