Rossiyada migrantlar uchun patent muddati uzaytirilishi mumkin

Ta’kidlanishicha, IIV patent berish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirishga, shu bilan birga uning amal qilish muddatini uzaytirishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi prezident huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Boris Titovning migrantlar uchun mehnat patentining amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.

“RF IIV Rossiya prezidenti huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Boris Titovning chet el fuqarolari uchun mehnat patentining amal qilish muddatini uzaytiruvchi “Rossiya Federatsiyasida chet el fuqarolarining huquqiy holati to‘g‘risida” federal qonuniga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozi bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, IIV patent berish muddatini 10 kundan 5 kungacha qisqartirishga, shu bilan birga uning amal qilish muddatini uzaytirishga tayyor.
Avvalroq Titov hukumatga patentning amal qilish muddatini 12 oydan 36 oygacha uzaytirish taklifini yuborgan edi.