Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchi qizlar Erondagi xalqaro Olimpiadada g‘alaba qozonishdi

Eronning Tehron shahrida Ⅰ Xalqaro Navro‘z Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar Erondagi xalqaro Olimpiadada oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Eronning Tehron shahrida Ⅰ Xalqaro Navro‘z Olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda o‘zbekistonlik sportchi qizlar 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
Shunday qilib, Nigora Abdullayeva -55 kg, Tursunoy Jabborova +81 kg vazn toifasida oltin medalini qo‘lga kiritdi. Rigina Adashbayeva esa -81 kg toifasida bronza medaliga ega chiqdi.
Abdullayeva ikki kurash bo‘yicha 180 (80+100) kg, Jabborova 240 (105+135) kg natija ko‘rsatdi. Adashbayeva esa 215 (100+115) kg toshni bo‘ysundirdi. Shuningdek, Sevinchoy Komilova (-71 kg) 192 (87+105) kg bilan to‘rtinchi pog‘onani egalladi.