TOShKENT, 14 mar — Sputnik. "O‘zbekneftgaz"ga qarashli AYoQShlarda benzin narxi arzonlashdi, deya xabar berdi UNG Petro.
Qayd etilishicha, Navro‘z bayrami munosabati bilan "O‘zbekneftgaz"ga qarashli AYoQShlarda bahorgi maxsus chegirma taqdim etilmoqda. Unga ko‘ra, AI 92 markali avtobenzin bir litri uchun 7500 so‘mdan sotilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,1 million tonnadan oshgan edi.
Avvalroq mahalliy va import AI-80 rusumli avtobenzin uchun aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llash muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar uzaytirilgani ma’lum qilingan edi.