Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya hududida Ukraina armiyasiga zarba berayotgan "Tornado-G" - video

Rossiya Mudofaa vazirligi G‘arbiy harbiy okrugda maxsus operatsiya hududida qo‘llanilayotgan "Tornado-G" ishini ko‘rsatdi.
Sputnik
Rossiyaning G‘arbiy harbiy okrugi artilleriyachilari har kun Ukraina Qurolli kuchlarining pozitsiyalari, harbiy infratuzilmasi va jangovar texnikasiga keng ko‘lamli zarba berishmoqda. Zarba berishda, jumladan, zalp bilan o‘t ochuvchi "Tornado-G" lardan foydalanishmoqda.
2022 yil 24-fevralidan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.