TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Joriy yilning 11-mart kuni Tojikiston Respublikasining "Lo‘xtak" teatr jamoasi Buxoroga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi ma’lum qildi.
Tashrif davomida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri va Filarmoniyasi badiiy jamoalari o‘z chiqishlari bilan mehmonlarning ko‘nglini xushnud etdi.
Qayd etilishicha, Tojikiston teatr jamoasi 19-mart kuniga qadar Buxoroda bo‘ladi. Safar davomida bolalar uchun “Sho‘x malika” spektakli namoyish etilishi rajalashtirilgan.
Sputnik Tojikistonning yozishicha, tadbirlar Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilmoqda. Barcha spektakllar ikki tilda - tojik va rus tillarida bo‘lib o‘tadi.
Sayohat har ikki davlat Madaniyat vazirliklari ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabr oyida Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri aktorlari gastrol safari bilan Tojikiston poytaxtiga tashrif buyurgandi.