Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

“Solnsepok” Ukraina qo‘shinlari pozitsiyasiga qanday zarba berapti – video

TOS-1A "Solnsepok" - Rossiyaning eng kuchli qurollaridan biri.
Sputnik
Og‘ir o‘tsochar TOS-1A "Solnsepok" qurollari maxsus harbiy operatsiya chog‘ida termobarik snaradlar bilan Ukraina Qurolli kuchlarining mustahkamlangan pozitsiyalariga zarba berdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
Ma’lum qilinishicha, ukrainalik millatchilar o‘rmondagi tayanch punktlari pana joylarida berkinishga urinishgan. Ammo Rossiyaning razvedkachi dronlari dushmanning harakatlarini payqagan va darhol "Solnsepok"ni unga yo‘naltirgan. Natijada nishonlar yuqori aniqlikdagi zarba bilan yakson qilingan.
TOS-1A "Solnsepok" - Rossiyaning eng kuchli qurollaridan biri bo‘lib, tizim piyoda va zirhli texnikani qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
U 24 ta 220 millimetrli termobarik va yondiruvchi snayadlar bilan jihozlangan bo‘lib, 600 metrdan 10 km gacha zarba berish quvvatiga ega. Termobarik snaradlar gazsimon bulut hosil qiladi va uni portlatib yuboradi. Natijada qisqa vaqt ichida atrofdagi butun kislorod yonib ketadi. Zarba berilgan hududda havo harorati va bosimi keskin ko‘tariladi.
Shu sababli “Solnsepok”dan hatto bino ichida ham omon qolish imkoni kamayadi.
2022 yil 24-fevralidan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.