Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionatida qatnashadi

Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya terma jamoasi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasining (CAFA) birinchi chempionatida qatnashadi. Bu haqda RIA Novostiga Tojikiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati rahbari Fariddun Saliyev ma’lum qildi.
“Futbol bo‘yicha Rossiya erkaklar milliy jamoasi (CAFA) birinchi chempionatida qatnashadi. Guruh bosqichi o‘yinlarini Toshkent va Bishkekda o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, - dedi Saliyev.
CAFA ga O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston a’zo. Chempionat 9-iyundan 21-iyungacha bo‘lib o‘tadi