O‘zbekiston Rossiyaning zilzilaga chidamli binolar qurish tajribasini o‘rganadi

Deputat Moskva va Rossiyaning boshqa hududlarida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilarning rolini alohida ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Turkiya va Suriyadagi vayronkor zilzilalardan so‘ng O‘zbekiston Rossiyaning zilzilaga chidamli binolarni loyihalash va qurish tajribasiga qiziqishi mumkin. Bu haqda Davlat dumasi deputati Vladimir Resin O‘zbekiston elchisi Botirjon Asadov bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
“O‘zbekiston Rossiyaning zilzilaga chidamli binolarni qurish va loyihalash bo‘yicha tajribasiga qiziqishi mumkin. Turkiyadagi zilziladan so‘ng ancha katta maydonda takroriy silkinishlar xavfi saqlanib qolmoqda”, - degan Resin.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat SSSR davridan buyon o‘z qurilish majmualarini muvaffaqiyatli rivojlantirib kelmoqda.
Shuningdek, u Moskva va Rossiyaning boshqa hududlarida ishlayotgan o‘zbekistonlik quruvchilarning rolini alohida ta’kidladi.
Resin va Asadov ikki tomonlama asosda ham, xalqaro platformalarda ham Rossiya-O‘zbekiston parlamentlararo muloqotining faol rivojlanishini alohida muhokama qildi.