Mirziyoyev “O‘zbekiston kim tomonda?” degan savolga javob berdi – video

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston kim tomonda?" degan savolga javob berdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston kim tomonda?" degan savolga javob berdi.

“Javobim bitta: millatim, xalqim tomondaman, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bugun Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda.
Shuningdek, hududda sanoat va qishloq xo‘jaligi rivoji bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish, harbiy maskanlarga tashrif rejalashtirilgan.