TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Qonunchilik palatasi qarorining (ilovalari bilan) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudning majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yishga mone’lik qiluvchi holatlar aniqlanmadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarorining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha Konstitutsiyaviy sud majlisida aytib o‘tildi.
"Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov: Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi loyihasi amaldagi Konstitutsiya, boshqa hamma qonunlar va O‘zbekistonning xalqaro hujjatlariga to‘liq mos keladi", - dedi Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov.
Prezident Konstitutsiyani yangilashga oid qonunni imzolamaydi.
Hujjatni faqatgina Senat ma’qullashi kerak. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar referendum natijalari e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Konstitutsiyaviy sud ish bo‘yicha qaror qabul qilish uchun maslahatxonaga kirib ketdi.