Hafta davomida ob-havo qanday bo‘ladi

Janubda ba’zi joylarda +26...+28 darajagacha bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Bu hafta davomida respublika hududi bo‘yicha asosan kam bulutli, quruq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Kechagi sovuqdan so‘ng bugun kunduz kuni havo isiy boshlaydi va haftaning o‘rtasiga kelib, kunduzgi havo harorati +22...+25 darajaga yetadi, janubda ba’zi joylarda +26...+28 darajagacha bo‘ladi.
Haftaning ikkinchi yarmida Qozog‘iston bo‘yicha o‘tayotgan antisiklon respublika hududi bo‘yicha kunduzgi havo haroratini +18...+20 darajagacha biroz pasaytiradi.
15-16 mart kunlari mamlakatning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.