Toshkentda xalqaro marafon qanday o‘tkazildi — video

Marafonda qatnashish uchun 20 dan ortiq davlatdan 5 500 ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Bugun, 12-mart kuni poytaxtda V Toshkent xalqaro marafoni o‘tkazildi.
Unda qatnashish uchun 20 dan ortiq davlatdan 5 500 ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Umumiy summa 259 mln 720 ming so‘mni tashkil etadi.
Ushbu marafon professional sportchilarga Parij-2024 Olimpiadasi uchun yo‘llanma ham beradi.
Marafonning yorqin daqiqalarini Sputnik videosida tomosha qiling.