Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

Bugun faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11-13 daraja iliq, kunduzi +15-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +10-15 daraja iliq, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10-15 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +10-15 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 daraja iliq, kunduzi +12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hidisalari yuzag kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Harorat kechasi va kunduzi +6-11 daraja iliq bo‘ladi.