TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ziroat Mirziyoyeva ekofaollar bilan birgalikda Anhor kanali bo‘yida chinor, eman, qayin, zarang va shumtol daraxtlarini ekishdi. Bu haqda "Zamin" fondi xabar berdi.
"Zamin" fondi shaharni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirmoqda.
Qayd etilishicha, "Yashil zamin" loyihasi doirasida Toshkentdagi yashil hududlar maydoni bahor mavsumida jami 4,6 gektarga kengayadi.
Bugun "Yashil zamin" loyihasi doirasida Yangihayot tumanining 8-mavzesida daraxt va butalar ekishni rejalashtirgan.
Ekofaollar va ko‘ngillilar bilan birgalikda 2,6 gektar maydonda kashtan, eman, zarang, shumtol, hind sireni, lavanda va atirgullar ekiladi.