Yaqin oylarda Ukrainada o‘q-dorilar tugaydi — Amerika razvedkachisi

Amerika razvedkachisi: G‘arb qancha urinmasin, o‘q-dorilar yetishmasligi uchun hech narsa qila olmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Yaqin oylarda Ukrainada o‘q-dorilar tugaydi, bu esa uning yakuniy mag‘lubiyatiga olib keladi. Bu haqda AQSh dengiz piyodalari korpusining iste’fodagi razvedkachisi Skott Ritter ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“G‘arb qancha urinmasin, o‘q-dorilar yetishmasligi uchun hech narsa qila olmaydi.Ukrainada bu yozda o‘q-dorilar tugaydi va bu sodir bo‘lganda hammasi tugaydi”, — dedi u.

Fevral oyida Ritter shu yilning oktabriga qadar Ukraina Qurolli kuchlari taslim bo‘lishini bashorat qilgan edi. Uning fikricha, Kiyev rejimi yoz o‘rtalariga qadar G‘arb texnikasini olishni to‘xtatadi va kuzda mag‘lub bo‘ladi.
Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregorning fikricha, AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainada yo‘l qo‘ygan xatosini tan olishi va Moskva bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘lishi kerak, aks holda Rossiya armiyasi Dneprdan o‘tib, Kiyevni egallab oladi.