Xivada Xudoybergan Devonovga bag‘ishlangan ekspozitsiya ochildi

Ekspozitsiyadan Devonov ish faoliyatida qo‘llagan o‘sha davrga oid uskunalar, tarixdan hikoya qiluvchi fotosuratlar va boshqa nodir eksponatlar o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Xivada O‘rta Osiyoning birinchi foto va kino tasvirchisi Xudoybergan Devonovga bag‘ishlangan ekspozitsiya ish boshladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Xivaning Ichan qal’asida Xudoybergan Devonov hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan yangilangan ekspozitsiyasi ochildi. Ekspozitsiyadan Devonov ish faoliyatida qo‘llagan o‘sha davrga oid uskunalar, tarixdan hikoya qiluvchi fotosuratlar va boshqa nodir eksponatlar o‘rin olgan.
Xiva
Aytilishicha, hozirda “Ichan - Qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi jamoasi tomonidan yangi sayyohlik mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xiva
Xorijiy va mahalliy sayyohlar nafaqat tarixiy obidalar, muzey bo‘limlaridagi ekspozitsiyalarni tomosha qilishlari, balki san’atkorlar ijrosidagi konsert tomoshalaridan ham bahramand bo‘lishlari mumkin.
Xiva
Ma’lumot uchun, Xudoybergan Devonov 1879-yilda Xivada tug‘ilgan. U 1908-yilda Xivaliklar delegatsiyasi tarkibida Sankt-Peterburg shahriga yo‘l oladi. Yosh fotosuratchi Rossiya poytaxtida ikki oy qolib ketadi. Shuningdek, Moskvada fotografiya va kinematografiya sirlarini chuqur o‘rganadi. Kinokamera, foto va kinotasmalar zaxirasini sotib oladi. Vatanga qaytgach u Markaziy Osiyodagi birinchi foto-kinolaboratoriyani tashkil etadi.