Toshkentda yuk poyezdi vagonlari izidan chiqib ketdi

Bugun 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkentda yuk poyezdi vagonlari izidan chiqib ketdi. Bu haqda "Toshkent MTU" xabar berdi.
Hodisa bugun soat 11:53 larda Hamza stansiyasida yuz berdi. 2101-sonli yuk poyezdi jo‘natilayotgan paytida 3 ta bo‘sh vagon izdan chiqqan.
Tegishli tarkibiy bo‘linmalar tomonidan zudlik bilan holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlar ko‘rilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, voqea joyida tergov-tezkor guruxi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Tan jarohati olganlar yo‘q.