TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Toshkent issiqlik elektr markazida quvvati 505,6 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, ayni kunlarda quyosh panellarini o‘rnatish va montaj qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Na Tashkentskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya
© Ministerstva energetiki Respubliki Uzbekistan
Mazkur stansiya foydalanishga topshirilgach, yiliga 1 mln kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida yiliga 100 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Na Tashkentskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya
© Ministerstva energetiki Respubliki Uzbekistan
Ma’lumot uchun, 2022-yilda jami sig‘imi 2400 litr bo‘lgan 12 ta quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatilgan bo‘lib, yiliga 77 Gkal issiqlik energiyasi iqtisod qilinmoqda.
Na Tashkentskoy TES stroitsya solnechnaya fotoelektricheskaya stansiya
© Ministerstva energetiki Respubliki Uzbekistan
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrini energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida qo‘shimcha ishlar bajarilishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, shaharda qayta tiklanuvchi energiya joriy qilish uchun 1 milliard dollar yo‘naltiriladi.