Rossiyaning atom suv osti kemalari AQShga jiddiy xavf tug‘dirmoqda — amerikalik professor

Maykl Petersen: Xitoyning havo va suv urushi nuqtayi nazaridan kattaroq va ehtimol ko‘proq qobiliyatli dengiz floti mavjud. Ammo yer osti urushi nuqtayi nazaridan, Rossiya Qo‘shma Shtatlar oldida turgan muhim muammodir.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiyaning so‘nggi atom suv osti kemalari AQShga jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bu haqda AQSh dengiz harbiy kolleji professori Maykl Petersen Newsweek nashriga bergan intervusida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Xitoyning havo va suv urushi nuqtayi nazaridan kattaroq va ehtimol ko‘proq qobiliyatli dengiz floti mavjud. Ammo yer osti urushi nuqtayi nazaridan, Rossiya Qo‘shma Shtatlar oldida turgan muhim muammodir ", - dedi u.

Professorning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi suv osti kemalari, jumladan, "Severodvinsk" ham AQSh va Yevropa mamlakatlari qirg‘oqlarida ko‘zga tashlana boshlagan va bu xavotir uyg‘otmoqda.
“Amerikaliklar Rossiya yadro suv osti kemalari AQSh qirg‘oqlari, O‘rta yer dengizi va Yevropaning boshqa chekka hududlarida joylashtirilayotgani haqida dalillarga ega”, dedi Petersen.
K-560 "Severodvinsk" — to‘rtinchi avlod rus ko‘p maqsadli yadro suv osti kemasi. U 885 "Yasen" asosiy loyihasi bo‘yicha qurilgan va Shimoliy flotning 11-suv osti diviziyasi tarkibiga kiradi.