Rossiya Davlat dumasi deputati Makronga tarixdan saboq olishni maslahat berdi

Rossiya Davlat dumasi deputati Leonid Ivlev: Rossiya qo‘shinlari Parijda bo‘lganidan tarixiy saboq olsin va Rossiya har qanday qudratli armiyani mag‘lub etishga qodir ekanini butun umrga eslab qolsin.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Rossiya Davlat dumasining Qrim viloyati deputati Leonid Ivlev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tarix saboqlarini unutmaslikka va Rossiya armiyasi Parijga qanday kirib kelganini eslashga chaqirdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij va London yaqin kelajakda Kiyev qo‘shinlariga qarshi hujumga o‘tishda yordam berish niyatida ekanini aytgandi.
“Bir yildan keyin rus armiyasi 1814-yil 31-martda Napoleonning o‘sha paytda yengilmasdek ko‘ringan armiyasini mag‘lub etib, Parijga kirib kelganiga 210-yil to‘ladi. Ushbu g‘alaba uchun butun rus xalqi birlashdi. Demak, Makron tarixni yaxshi bilishi kerak. Rossiya qo‘shinlari Parijda bo‘lganidan tarixiy saboq olsin va Rossiya har qanday qudratli armiyani mag‘lub etishga qodir ekanini butun umrga eslab qolsin”, — dedi Ivlev RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Parij qo‘lga kiritilgach, Rossiya tarix yo‘nalishini o‘zgartirib, eng qudratli va adolatli davlatga aylandi.

"Biz xalqning bu jasorati xotirasini jonlantirishga majburmiz va Makron tarix saboqlarini eslab qolsin. Yod olsin va boshqa hech qachon xato qilmaydi", deb ta’kidladi deputat.