TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Majburiy ijro burosiga direktor tayinlandi, deya xabar berdi Bosh prokuratura.
O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi direktori lavozimiga tayinlandi.
Muzaffar Egamberdiyev tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.