TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ibrohim Abdurahmonovga UNESCO’ning xalqaro mukofoti topshirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Ekvatorial Gvineya Milliy universiteti (National University of Equatorial Guinea)da bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Unda vazir UNESCO’ning tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Ibrohim Abdurahmonov
© Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Mukofot miqdori 350 ming dollarni tashkil qiladi. Bu summa to‘rt g‘olib orasida teng bo‘linadi.
Mukofotlanganlarning tadqiqotlari oziq-ovqat xavfsizligi, paxta navlarini takomillashtirish, vaksinalarni ishlab chiqish va og‘ir irsiy kasalliklarni davolashning innovatsion usullariga qaratilgan.