Baxtiyor Saidov Eronga boradi — tashrifning maqsadi

O‘zbekiston delegatsiyasining Eronga tashrifi 11-12 mart kunlari amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga tashrif buyuradi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, delegatsiyaning Eronga tashrifi 11-12 mart kunlari amalga oshiriladi.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.