TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Yaponiya politsiyasi sushi-terrorchilikda ayblab bir necha kishini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda mahalliy nashrlarga asosan RT.
Kodo agentligi xabar berishicha, ana shunday ayblov bilan uch kishi hibsga olingan. Ularga biznesga zarar yetkazish ayblovi qo‘yilgan. Hibsga olinganlar orasida o‘tgan oy boshida Nagoya markazidagi Kura Sushi restoranida umumiy shisha soya sousidan ichgan 21 yoshli homiy ham bor. Yana ikki mijoz, 19 yoshli o‘g‘il va 15 yoshli qiz ham uning og‘ziga bir shisha soya sousi tutib turgani aks etgan o‘n soniyalik videoni baham ko‘rishga yordam bergani uchun hibsga olingan.
"Bunday o‘ylamasdan qilingan harakatlar ... mijozlarimiz bilan o‘rnatgan ishonch asoslarini buzadi va biz bunday harakatlar jinoyat ekanligini keng miqyosda anglash boshqalarni bundan qaytarishiga chin dildan umid qilamiz", - deyiladi Kura Sushi bayonotida.
So‘nggi paytlarda Yaponiya sushi restoranlarida "sushi terrorchilik" holatlari uchray boshladi. Bunda bir guruh yoshlar Yaponiyaning konveyerli sushi restoranlarida ataylab nogigiyenik xatti-harakatlar sodir etadi va buni videoga olib internetda tarqatadi. Oqibatda mijozlar bunday joylarga kirmay qo‘yadi.
Gigiyena bilan bog‘liq hodisalar, jumladan, o‘smir choy piyolasini tokchaga qo‘yishdan oldin uning chetini yalab, so‘ngra konveyerda o‘tayotgan sushi plastinkasiga tupurigini artib qo‘ygani – shu yil boshida ma’lum bo‘ldi.
Sushi restoranlari "sushi-terrorchilar" harakatlaridan jiddiy zarar ko‘ra boshlaganidan so‘ng, ular zallarda kuzatuv kameralari o‘rnatishdi va qo‘riqchilar yoshllashga majbur bo‘lishdi.
Yaponiyada ofitsiantsiz ishlaydigan konveyerli sushi restoranlari juda ommaviy. Chunki bunday joyda taomlar mijozlar stoli yonidan avtomatik lenta orqali aylanib o‘taveradi, mijoz keragini tanlab oladi. Soya sousi, piyolalar va boshqa buyumlar shunchaki stol ustida turadi. Bunday restoranlarda narxlar odatdagigan pastroq bo‘ladi. Yaponiyala ilk bor konveyerli sushi restorani 1958-yilda paydo bo‘lgan edi.