TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston hududida 2023-yil 11-mart kuni belgilangan umumxalq xayriya hashari 2023-yil 18-mart sanasiga ko‘chirildi, deb xabar qilmoqda O‘zA.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-mart № 111 – F Farmoyishiga ko‘ra, 2023-yilning 11-mart kuni mamlakatimizda “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tishi belgilangan umumxalq xayriya hashari 2023-yilning 18-mart sanasiga ko‘chirildi, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘taimz, umumxalq xayriya hasharida 5 mingga yaqin oilaning uy-joyini ta’mirlab berish, 12 ming gektarga yaqin maydonni obodonlashtirish, 1300 kilometrdan ziyod ariq va lotoklarni tozalash, qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, bir million tupga yaqin manzarali va 500 ming tupdan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan.