O‘zbekiston Konstitutsiyasiga oid referendum 30-aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda

Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendumni 30-aprel kuni o‘tkazish taklif etildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Konstitutsiya to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha Referendum 2023-yil 30-aprel, yakshanba kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy Majlisda bo‘lib o‘tayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayonida ma’lum qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tayotgan yalpi majlisda Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasini referendumga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.
Unda Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendumni 30-aprel kuni o‘tkazish taklif etildi.
"Deputatlar tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum sanasini 2023-yil 30-aprel deb belgilash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish to‘g‘risidagi masala ham qo‘llab-quvvatlandi", deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabarida.