TOShKENT, 10 mar — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In qizi bilan artilleriya mashqlarini tomosha qildi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Markaziy telegraf agentligiga asosan xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In qizi bilan Koreya Xalq Armiyasi G‘arbiy fronti “Xvason” artilleriya bo‘linmasining dala mashg‘ulotlarini boshqargan va nazorat qilgan.
“Kim Chen In harbiylarning jangovar va siyosiy tayyorgarligi holati, bo‘linmaning muhim tezkor vazifalarni bajarishdagi operatsiyalari tartibi va qurol tizimlarini nazorat qilish qobiliyati bilan tanishdi”, — deyiladi xabarda.
KXDR rahbari, shuningdek, G‘arbiy front yo‘nalishida raqibning tezkor aerodromlariga zarbalar berish uchun mas’ul bo‘linmaning 8-o‘qchi-shturm rotasining haqiqiy jangovar tayyorgarligini ham tekshirdi.