Jangovar ruh: Aziza Yoqubova Olimpiya g‘alabasi tomon qanday bormoqda

Aziza Yoqubova qanday qiyinchiliklar orqali boks bilan shug‘ullanishni boshlagani va o‘z oldigan qo‘ygan ezgu maqsadi sari qanday borayotgani haqida Sputnik muxbiri bilan suhbatda aytib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar Sputnik. Aziza Yoqubova boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi.
Uning g‘alaba sari yo‘li og‘ir kechdi, ammo sportchi xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilishda davom etmoqda va Olimpiya chempioni bo‘lishni orzu qiladi.
Endi u Nyu-Delida bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda va orzu qilingan oltin medal sari yo‘l oldi.
U qanday qilib boks bilan shug‘ullangani, mardikor bo‘lib ishlagani va onasi uchun uy sotib olgani haqida — Sputnik muxbiri bilan suhbatda.