Gruziyadagi namoyishlar nimasi bilan boshqa davlat to‘ntarishlariga o‘xshaydi - video

Davlat to‘ntarish retsepti: tartibsizliklarni gullar va yurak shakllari bilan bezatib, YeI bayroqlari bilan aralashtiring va butun dunyoga bular "tinch namoyishchilar" deb jar soling. "Molotov" aralashmalari, politsiyaga hujumlar va boshqa tajovuzkorliklar esa - kadr ortida qolsin.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Gruziyadagi namoyishlar Kiyev "Maydan"iga juda o‘xshaydi, dedi Sergey Lavrov.
Mitingda oldingi safda turgan qizlarning qo‘llarida gullar Politsiyaning qalqonlariga yurakcha shaklidagi stikerlar yopishtirilmoqda, namoyishchilar qo‘llarida esa YeI va AQSh bayroqlari - ushbu kadrlar barcha Yevrova va AQSh jurnalistlari tomonidan suratga olinib butun dunyo bo‘ylab tarqatilmoqda.
Kadr ortida esa – provokatsiyalar, tajovuzkorlik va politsiyachilarga hujumlar Buning uchun maxsus tayyorlangan provakatorlar ishga solinadi Ular huquqni muhofaza qilish organ xodimlariga qarshilik ko‘rsatishga o‘rgatilgan va mos ravishda ta’minlangan. BU lavhalarni keng ommaga ko‘rsatishmaydi, chunki ular "tinch namoyishchilar" iborasiga mos kelmaydi.
Inqiloblar va beqarorlik uyushtirish bo‘yicha G‘arb “qo‘llanmalari” aynan shunday ishlaydi. Ana shunday ssenariylar bo‘yicha sobiq SSSRning ko‘plab davlatlarida norozilik namoyishlar, davlat to‘ntarishlari yoki shunga urinish bo‘lib o‘tgan. Yaqqol misollar - Belarus, Armaniston, Ukraina voqealari, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Moldovada va Gruziyada ham.
Har qanday norozilik namoyishining yana bir belgisi – yoshlarning soxta g‘oyalar va bayroqlar ostida ishtiroki.
Gruziyadagi tartibsizliklar

Gruziya parlamenti tomonidan xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun birinchi o‘qishda qabul qilinganidan so‘ng 7-mart kuni Tbilisi markazida tartibsizliklar boshlangan edi.

Muxolifatchilarning fikricha, qonun loyihasi tartibga solishning ruscha versiyasiga o‘xshaydi va mamlakatni Yevropa Ittifoqidan uzoqlashtiradi.

“Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Gruziyada nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va xorijiy davlatdan mablag‘ oluvchi subyektlar reyestrini yaratishni nazarda tutadi. Parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etuvchi “Gruziya orzusi” partiyasi vakillari jurnalistlarga yangi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash niyatida ekanliklarini, agar prezident Salome Zurabishvili ushbu qonunga veto qo‘ysa, deputatlar uni yengib o‘tishga harakat qilishlarini aytishdi.