Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi — O‘zgidromet

Prognozlarga ko‘ra, harorat +23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat +23-28 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 30 daraja iliqgacha bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +24-26 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat +10-15 daraja iliq bo‘ladi.