Xitoylik mutaxassislar Surxondaryoda fotoelektr stansiyasini quradi

Xitoy kompaniyasi vakillari viloyatda 200 gektar maydonda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Surxondaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Anxoy Conch Sement” kompaniyasi vakili Chjao Veysan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar avvalida xorijlik investorlarga viloyatning investitsion salohiyati, mavjud imkoniyat va imtiyozlar xususida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda Xitoy kompaniyasi vakillari viloyatga 200 million dollar miqdorida investitsiya kiritib, 200 gektar maydonda quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini taklif qildi.
Muloqot yakunida investorlar tomonidan taklif qilingan loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazilib, uni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.