TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin bugun bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh razvedkasi hisobotini sharhlar ekan, AQShga boshqalarni tanqid qilishdan oldin dunyo uchun nima qilishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Biz boshqa mamlakatlarni tanqid qilishdan oldin Qo‘shma Shtatlar og‘ir qurollangan harbiy kuch sifatida nima qila olishi va nima qilishi kerakligini o‘ylab ko‘rishi kerak, deb hisoblaymiz", - dedi Mao Nin.
Uning ta’kidlashicha, Vashington Pekin bilan uchrashishi va munosabatlarni normal, sog‘lom yo‘lga qaytarishi kerak.
"Bu Xitoy, AQSh va butun dunyoga foyda keltiradi", - dedi diplomat.
Avvalroq AQSh razvedkasi Xitoy AQSh bilan strategik raqobat uchun o‘zining yadroviy salohiyatini oshirayotgani haqida hisobot e’lon qilgan edi.
Hisobot mualliflari, shuningdek, AQShning Xitoy bilan koinot va texnologiya kabi sohalarda raqobati kuchayib borayotganidan ogohlantirgan.
Shuningdek, hujjatda aytilishicha, Pekin Ukrainadagi mojaroga qaramay, Vashingtonga qarshi chiqmay, Moskva bilan diplomatik, mudofaa va iqtisodiy aloqalarni davom ettiradi.