“Yetar, bas”: AQSh razvedkachisi Putinning G‘arbga nisbatan keskin javobi haqida gapirdi

AQSh QKning sobiq razvedkachisi Ritter: Putin Rossiyani yo‘q qilishga uringani uchun G‘arbga keskin javob qaytardi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1990-yillarda Moskvada hokimiyat tepasiga plutokratlarni olib kelishga uringan G‘arb siyosatchilariga mamlakatni qulatishga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda YouTube’dagi "The Dive with Jackson Hinkle" kanaliga bergan intervyusida AQSh dengiz piyodalari korpusi razvedka xizmatining iste’fodagi zobiti Skott Ritter aytib o‘tdi.
Harbiyning ta’kidlashicha, SSSR parchalanganidan keyin AQSh yangi davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan "batamom yakson qilishga", unga oligarxiyani o‘rnatishga harakat qildi.

“Putin kelib: “Yetar, bas, Rossiya oyoqqa turadi” dedi. U o‘z vatanini juda yaxshi ko‘radi, Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba bilan faxrlanadi, shuningdek, u yangi Rossiyani yaratmoqchi, unda Sovet Ittifoqida mavjud bo‘lgan barcha kamchiliklar yo‘q qilinadi ", - deb taxmin qildi Ritter.

Zobitning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin mamlakat tarixidagi eng buyuk hukmdorlardan biri sifatida esda qoladi.
Fevral oyida amerikalik sobiq razvedkachi Ukrainadagi maxsus operatsiya yakunlanganidan keyin Moskva pozitsiyalari mustahkamlanishini bashorat qilgandi. Uning ta’kidlashicha, kollektiv G‘arb Rossiya bilan urush boshlash orqali katta xatoga yo‘l qo‘ydi, chunki bu qaror unga 1990-yillardan beri mavjud bo‘lgan xalqaro xavfsizlik sohasidagi noaniqlikni bartaraf etish uchun ajoyib imkoniyat berdi.