O‘zbekistonga eng ko‘p qahva Rossiyadan import qilinmoqda

Qahva importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,7 tonnaga kamaygan.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar - Sputnik. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 3,1 mln dollarga teng bo‘lgan 698 tonna kofe import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qahva importi 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,7 tonnaga kamaygan.

Yanvar oyida O‘zbekistonga eng ko‘p Rossiyadan (283 tonna) qahva import qilingan.

Shuningdek, Malayziya (218 tonna), Indoneziya (70 tonna), Italiya (33 tonna), Braziliya (27 tonna), BAA (26 tonna), Germaniya (14 tonna) dan qahva olib kelingan