TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Oliy Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasini ko‘rib chiqish ertaga davom etadi, deb xabar qilmoqda UzA.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini moddama-modda ko‘rib chiqishdi. Ayrim moddalarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tufayli ertagacha tanaffus e’lon qilindi. Majlis 10-mart kuni soat 10:00da o‘z ishini davom ettiradi, - deyilgan xabarda.
Ma’lumot uchun, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bugun Oliy Majlisda bir necha soat davomida muhokama qilindi. Muhokamada barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari yangi qonun yuzasidan o‘z fraksiyasi qarashlarini va munosabatini bayon qilishdi.