Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya vakillari ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Toshkentda 7-mart kuni Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi,
Yig‘ilishda asosiy e’tibor Afg‘onistonga tezkorlik bilan insonparvarlik yordami ko‘rsatish, Afg‘onistonni mintaqaviy jarayonlariga jalb etish masalalariga qaratildi.
Ikkinchidan, Kobulning yangi hukumati tomonidan afg‘on ayollariga nisbatan ularning huquqlarini cheklovchi choralarni qayta ko‘rib chiqishga e’tibor berildi. Tomonlar afg‘on ayollarining mehnat va ta’lim olish huquqini ta’minlash Afg‘oniston yangi jamiyatining ajralmas qismiga aylanishi, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni yakuniy qaror toptirishga hissa qo‘shishi kerakligini ta’kidladilar.
Uchinchidan, ishtirokchilar Afg‘onistonda joylashgan barcha terrorchilik guruhlari mintaqaviy va global xavfsizlikka jiddiy tahdid solishda davom etayotganini ta’kidlab, amaldagi afg‘on hukumatidan ushbu guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha yanada samaraliroq choralar ko‘rishga qat’iy chaqirdilar.
To‘rtinchidan, tomonlar Afg‘oniston muvaqqat hukumatining narkotik tahdidi kuchayib ketishining oldini olish, giyohvand moddalar ishlab chiqarish va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni faollashtirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rishda davom etishi muhimligini ta’kidladilar.
Ushbu maxsus vakillar uchrashuvida O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot qabul qilindi.
Vstrecha spespredstaviteley po Afganistanu