Birinchi Onix avtomobillari xaridorlarga yetkazib berildi

Chevrolet Onixning eng birinchi xaridorlari orasida bir necha ayollar ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan birinchi Chevrolet Onix avtomobillari ularni kutayotgan xaridorlarga yetkazib berildi. Bu haqida UzAuto Motors xabar qilmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarda katta qiziqish uyg‘ota olgan, eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy Chevrolet Onix avtomobillarini yetkazib berishni boshladi.
Kompaniya xabarida aytilishiga ko‘ra, bahorning ilk kunlarida yetkazib berilgan avtomobillar xaridorlari orasida bir necha ayollar ham bor.