TOShKENT, 7 mar — Sputnik. “Yandeks Yeda” oziq-ovqat yetkazib berish xizmati Toshkentda "Yandex Eats" brendi ostida ishlay boshladi, unga 200 dan ortiq restoran va kafelar ulangan, deya ma’lum qildi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Armanistondan keyin ushbu xizmat mavjud bo‘lgan beshinchi MDH davlati bo‘ldi.
“Yandex Eats" ilovasi va veb-sayti mamlakatda o‘zbek, ingliz va rus tillarida mavjud”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Toshkentdagi 200 dan ortiq restoran va kafelar xizmatga allaqachon ulangan, masalan, "FeedUp", "Bon!", "Oqtepa Lavash", "Yaponamama".
Restoranlardan tayyor ovqatlardan tashqari, foydalanuvchilar "The Loaf", "EcoVkuz", "Goodveen Flower House", "Red Dragon", "Hobby Games" va boshqa do‘konlardan tovarlar yetkazib berishni tanlashlari mumkin.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni damda oziq-ovqat, ichimliklar va gullarga buyurtma berish mumkin, kelajakda hamkorlar soni va assortiment xilma-xilligi oshiriladi.