TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Ukrainadagi mojaro AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining energetika siyosatining o‘ylamay qilingan strategik xatosini ko‘rsatib berdi, dedi Alyaskadan bo‘lgan senator Den Sallivan.
"Menimcha, tajovuz ma’muriyatning (Bayden) o‘ylamay qilingan energiya siyosati <...> strategik xato bo‘lganligini ko‘rsatib berdi", - dedi u Texasning Xuston shahrida bo‘lib o‘tgan CERAWeek xalqaro energetika konferensiyasida.
Sallivanning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi ma’muriyat siyosati natijasida investorlarni AQSh energetikasiga sarmoya kiritishga undash qiyinlashdi.