Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Shoygu fevralda Ukraina armiyasi qancha yo‘qotishlarga duch kelganini ochiqladi

Shoygu qurolli kuchlar maxsus harbiy operatsiya doirasidagi vazifalarni bajarishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Fevral oyida Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 11 ming kishidan oshdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Amerikaning “Rossiyani qurol kuchi bilan sindirish” strategiyasi doirasida G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishni ko‘paytirmoqda, Ukraina armiyasi shaxsiy tarkibini o‘qitish dasturlarini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, Kiyev rejimini NATO mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Ukraina qo‘shinlarining jang maydonida muvaffaqiyat qozonishiga olib kelmayapti. Aksincha, Ukraina qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi orasida yo‘qotishlar sezilarli darajada oshgan”, — dedi mudofaa vazirligi rahbari.
Ta’kidlanishicha, Kiyev 6500 dan ortiq askarini yo‘qotgan yanvar oyiga nisbatan Ukraina yo‘qotishlari 40 foizdan oshgan.
“Kiyev rejimining o‘z xalqiga befarqligi ajablanarli. O‘z navbatida, biz uchun ustuvor vazifa shaxsiy tarkib va tinch aholining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash bo‘lib qolmoqda”, — dedi Shoygu.
Vazirning aniqlik kiritishicha, rossiyalik harbiylar Donbassdagi Ukraina guruhining muhim mudofaa markazi Artyomovskda janglarni davom ettirmoqda.
Rossiya armiyasi hujum paytida Donesk va Kupansk yo‘nalishlarida beshta qishloqni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi: Nikolayevka, Dvurechnoe, Krasnaya Gora, Granikovka, Paraskoviyevka.
Shoygu qurolli kuchlar maxsus harbiy operatsiya doirasidagi vazifalarni bajarishda davom etishini qo‘shimcha qildi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.