TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Xitoy Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmaydi va hech bir tomonni qurol bilan ta’minlamaydi, ammo Pekinga sanksiyalar bilan tahdid qilinmoqda. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Xitoy inqirozning tashabbuskori ham, manfaatdor tomoni ham emas, biz mojaro ishtirokchilaridan birortasiga qurol yetkazib bermaymiz. Javobgarlikni Xitoyga ag‘darish va hatto sanksiya qo‘llash va tahdid qilishga nima asos bor? Biz buni hech qachon qabul qilmaymiz”, - dedi Sin Gan.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy har doim Ukraina masalasi bo‘yicha ishning holatlaridan kelib chiqqan holda mustaqil xulosaga keladi.
U "tinchlik va urush o‘rtasida biz tinchlikni, muloqot va sanksiyalar o‘rtasida biz muloqotni tanlaymiz", deya qo‘shimcha qildi.