Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ishlari 4-yil davom etgan. Mashhur Parij muzeyi uchun sopol, yog‘och, metall, devor suratlari va qog‘ozdan tayyorlangan 70 dan ortiq eng nodir eksponatlar restavratsiya qilindi.
O‘zbekiston muzeylaridan jami 138 ta buyumlar namoyish etildi. Mintaqaning madaniy merosi ilk bor dunyodagi eng yirik muzeylardan birida namoyish etilib, Buyuk Ipak yo‘lining ochilmagan tarixi xalqaro jamoatchilikka namoyish etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilning 23-noyabrida ochilganidan buyon ko‘rgazmaga 260 ming nafardan ortiq kishi tashrif buyurdi.
Batafsil Sputnik videosida.