Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillari uchrashadi

Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Bugun Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar maxsus vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Tadbirda O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuvda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, mamlakatdagi vaziyatni tartibga solish va uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish bo‘yicha tomonlarning o‘zaro hamkorligi, shuningdek, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilinadi.