Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina QK Artyomovskda katta yo‘qotishlarga uchradi – OAV

Ukraina o‘zining bir nechta eng yaxshi brigadalarini joylashtirgan Artyomovskda katta yo‘qotishlarga uchradi, deyiladi maqolada.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Ukraina qurolli kuchlari Artyomovskda katta yo‘qotishlarga uchradi, shahardagi vaziyat Ukraina qo‘shinlari uchun og‘ir, deb yozmoqda Ispaniyaning “Pais” gazetasi.
“Ukraina o‘zining bir nechta eng yaxshi brigadalarini joylashtirgan Artyomovskda katta yo‘qotishlarga uchradi”, — deyiladi maqolada.
Aytilishicha, 3-mart kuni Ukraina qo‘shinlari shaharga Kiyev nazoratidagi yagona kirish joyini bog‘lovchi ikkita kichik ko‘prikni portlatib yuborgan. Ularning o‘rniga pontonli o‘tish joyi o‘rnatilgan. Ko‘ngillilar va evakuatsiya tashkilotlari vakillarining ma’lumotlariga ko‘ra, u bo‘ylab mahalliy aholi ertasi kuni Artyomovskni tark etishga harakat qilgan.
U yerga qo‘shimcha kuchlar ham kelgan. Nashrning Artyomovskdan kelgan xabarga tayangan holda yozishicha, shahardagi vaziyat “qiyin”. Qayd etilishicha, shaharda aloqa cheklangan va qimmat, javob olish uchun bir necha kun kerak bo‘lgan.
Artyomovsk KXDRning Kiyev nazorati ostidagi qismida, yirik Gorlovka shahridan shimolda joylashgan. Bu Donbassdagi Ukraina qo‘shinlari guruhini ta’minlash uchun muhim transport markazidir.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazorati ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.