Toshkentdagi barcha maktablarga IIB xodimlari biriktirildi

IIB xodimlari ta’lim muassasalaridagi vaziyatni nazorat qilib, maktablar atrofidagi ko‘chalarda tartibni saqlashni ta’minlashmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Toshkentdagi barcha maktablarga IIB xodimlari biriktirildi.
IIB xodimlari ta’lim muassasalaridagi vaziyatni nazorat qilib, maktablar atrofidagi ko‘chalarda tartibni saqlashni ta’minlashmoqda.
Bu chora ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘g‘irlanishi haqidagi xabarlar tarqalishi bilan bog‘liq. Tekshiruvdan so‘ng ularning barchasi soxta ekanligi ma’lum bo‘ldi. Biroq poytaxt IIBB bolalar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.