TOShKENT, 6 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 2023-yil to‘qimachilik sohasida eksport salohiyati 5 milliard dollarga yetkaziladi, deb ma’lum qildi O‘zto‘qimachiliksanoati" uyushmasi axborot xizmati rahbari Shahzoda Qo‘chqorova AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Uning aytishicha, "Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tkuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eskport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi Farmoni bilan eksport hajmining 5 milliard dollarga yetkazishga urg‘u berilgan.
Jumladan, Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi tomonidan 2023-yilda sohani rivojlantirish uchun 300 million dollar imtiyozli mablag‘lar ajratilib, ularning 200 million dollari to‘qimachlik mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, 100 million dollari esa gilamchilik va uy to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiyalash tartibi kengaytirilib, endilikda Yevropa davlatlariga qo‘shimcha ravishda Turkiya, Marokash, Shimoliy va Janubiy Amerika, Arab, Koreya va Yaponiya davlatlariga hamda tayyor mahsulotlar bilan birgalikda gazlama va trikotaj matolarga xam joriy qilinadi.
Buning natijasida joriy yilda 210 dan ortiq eksportchi korxonalar ushbu subsidiyalardan foydalanib 100 million dollardan ortiq hajmdagi eksport amalga oshirilishi imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, tashqi bozorlarda to‘qimachilik mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan yirik savdo omborlarini tashkil etish xarajatlari eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.
Joriy yilda 10 ta (Germaniya, Italiya, Polsha, Rossiya, Portugaliya, Fransiya, Turkiya, Yaponiya, Angliya, Marokash) davlatlarida O‘zbekiston to‘qimachilik xablarni tashkil etish orqali 200 million dollarlik eksport amalga oshirish imkoni yaratiladi.