TOShKENT, 6 mar - Sputnik. 7 martda O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi havo harorati +25...+28° iliqgacha, janubda va cho‘l hududlarda 30° iliqgacha ko‘tariladi.
8 va 10-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8 martda kunduzgi harorat +15...+18° iliqgacha pasayadi, 9-10 martda harorat yana ko‘tarila boshlaydi va 10-martga kelib, +21...+26° iliqni tashkil etadi.
6-9 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
7 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
6-10 martda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 8-martda kun davomida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 7-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Ertaga havo +25...+27° iliqgacha isiydi, 8-9 mart kunlari +17...+19° iliq bo‘ladi.