Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 6-martning asosiy xabarlari

Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning o‘tgan sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arbiy" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Timkovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlaridagi dushmanning 45 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi va uchta pikapini yo‘q qildi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida DXRning Yampolovka, LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlarida dushmanning 160 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bitta tanki, uchta BMPsi, beshta zirhli jangovar mashinasi, uchta avtomashinasi va bitta "Grad" reaktiv tizimi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida - "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari o‘tgan sutka davomida 225 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchilar, beshta BMP, 9 ta zirhli jangovar texnika, beshta pikap, to‘rtta transport vositasi, "Grad" raktiv tizimi jangovar mashinasi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
DXRning Dachnoe posolkasi hududida UQKning 55-artilleriya brigadasining o‘q-dorilar ombori va DXRning Chasov Yar hududida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan AN/TPQ artilleriyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishida "Vostok" kuchlar guruhi artilleriyasi DXRning Ugledar, Prechistovka va Novoselka aholi punktlari hududlarida UIKning 65 nafargacha harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, shuningdek, "Uragan" va "Grad" reaktiv jangovar mashinalari yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida uchta zirhli jangovar texnika, sakkizta avtomashina va bitta "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi artilleriyadan o‘qqa tutilishi natijasida yo‘q qilindi.
Aviatsiya raketa qo‘shinlari va artilleriya kun davomida 117 ta hududda UQKning 86ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
DXRning Troiskoe aholi punkti yaqinida Ukrainaning BUK-M1 zenit-raketa majmuasining o‘ziyurar o‘q otish moslamasi yo‘q qilindi. DXRning Andreyevka posolkasi hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining yo‘naltiruvchi radarlari yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatining Gulyaypole aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Zaporoje viloyati Trudoolenevka qishlog‘i yaqinida havo jangida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-27 samolyotini urib tushirdi.
DXRning Novopavlovka qishlog‘i yaqinida Ukrainaning Mi-8 vertoloti urib tushirildi.
UQKning MiG-29 samolyoti DXRning Krasnoarmeysk shahri yaqinida havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirildi.
Xarkov viloyatining Berestovoe, LXRning Karmazinovka, Blagodatka, Novoandreyevka, Kirillov tumanlarida DXRning Verxnetoretskoe, Chubarevka, Zaporojye viloyatining Magedovo va Sumi viloyatining Lesnoe aholi punktlari hududida UQKning "Uragan" reaktiv tizimilari hamda HIMARS (AQSh) tizimlarining 15 ta raketasi hamda UQKning 9 ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrainada jami 396 ta samolyot, 217 ta vertolot, 3345 ta uchuvchisiz uchish apparati, 410 ta zenit-raketa kompleksi, 8192 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1054 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 4284 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8771 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.